Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari botanika kafedrasi professor–oʻqituvchilari rahbarligida Boysun tumanidagi “Darband oʻquv amaliyot markazi”da oʻquv mashgʻulotini olib borishdi.
Talabalar “Oʻsimliklar qoplamiga geobotanik tavsif berish”, “Dorivor oʻsimliklarni tur-xillarini aniqlash”, “Togʻ, adir, yaylov oʻsimliklari, ularning morfologiyasi, tarqalishi va ekologiyasi” mavzulari doirasida yangicha yondashuv asosida dorivor va kamyob oʻsimliklarni oʻrganishdi hamda nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lishdi.