Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Xudoynazarova Oʻgʻlanoy Allamuradovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.13.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʼyicha "Ingliz va oʻzbek tillarida mifonim komponentli frazeologizmlarning lingvokulturologik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Oʻgʻlanoy Allamuradovnani ushbu yutug'i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitetimiz olimalarining safi kengayaversin!