Xabaringiz bor, barcha OTM larda bosqichma-bosqich an’anaviy darslar boshlanmoqda.
Termiz davlat universitetida mas’ullari tomonidan hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalar turar joylariga joylashishlari to‘liq nazoratga olingan.
Universitetning Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Obidjon Shofiyev TTJlarda talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Unda TTJlarda yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar yashash tarzi oʻrganildi, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi.