Xabaringiz bor joriy yilning 7-fevraldan 24-fevralga qadar respublikamizdagi barcha taʻlim muassasalari bosqichma-bosqich anaʼnaviy taʻlim shaklga oʻtkazilmoqda.
Termiz davlat universitetida bugundan kunduzgi taʼlim shaklidagi 1-2-kurs talabalari uchun an’anaviy darslar tasdiqlangan reja asosida boshlandi.
Barcha oʻquv binolariga kirish joylari antiseptik vositalar va tibbiy niqoblar bilan taʼminlangan. Talabalarga niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ko’rsatmalar berilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!