TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TOMONIDAN BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI YO’LIDA TA’LIM SIFATIN OSHIRISH MAQSADIDA YIL MOBAYNIDA TASHKIL ETILGAN OMMAVIY TADBIRLAR

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.07.2014 yildagi “OMMAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi 205-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Universitetda Ommaviy tadbirlarni tashkil etish uchun Ish beruvchi korxona va tashkilotlardan, iqtisodiy markaz bo’limlaridan hamda keng jamoatchilik vakillaridan iborat tadbir doimiy o’tkazilinib kelinadi. 

Tadbirlarning asosiy maqsadi talaba yoshlarning sifatli ta’lim olishi kelajakda yetuk olim, o’z ishining haqiqiy fidoyisi bo’lish orqali qashshoqlikning oldini olishga qaratilgan. Tadbirlar asosiy 6 qismdan iborat bo’ladi.

Xususan, birinchi - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida tadbirlar tashkil etilgan.
Tumandagi madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktabi xamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo’yilgan.

Ikkinchi - yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun sport inshootida mashg‘ulotlar olib borilib, 10579 nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-sonli Farmoniga asosan Belbog‘li kurash, badminton, shaxmat, voleybol sport tadbirlari o’tkazildi. Mazkur sport turlari bo‘yicha jami 100 dan ortiq musobaqa o‘tkazilib, 9576 nafar yosh qamrab olingan.

“Universiada-2022” sport musobaqalarining respublika 3-xududiy Basketbol sport turi yakunlandi. “Universiada 2022” sport musobaqalari doirasida sportning “Basketbol” turining oʻgʻil va qiz bolalar boʻyicha hududiy-saralash musobaqalari Samarqand shahrida 2022-yil 20-22-oktyabr kunlari boʻlib oʻtdi. 
Yakuniy natijaga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-oʻrinni Samarqand jamoasi, 2-oʻrinni Surxondaryo jamoasi va 3-oʻrinni Qashqadaryo jamoalariga nasib etdi.
Qizlar oʻrtasida 1-oʻrinni Surxondaryo jamoasi, 2-oʻrinni Samarqand jamoasi va 3-oʻrinni Qashqadaryo jamoalariga nasib etdi.
Uchinchi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etilib “Ilm.uz” markazi ochilgan.
Universitetdagi barcha fakultet va bo’linmalar kompyuter texnikalari bilan to‘liq ta’minlangan hamda optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan.
Talabalarga Python dasturlash tilidan maxsus seminar o’tilmoqda.
Termiz davlat universitetida ILM.UZ IT akademiyasi ochildi.

Yoshlarning axborot texnologiyalariga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning ushbu sohadagi salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida ILM.UZ IT akademiyasining filiali faoliyat boshladi. 

IT akademiyasining ochilishi marosimida universitet rektori Avazjon Marahimov ishtirok etdi. Rektor yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, shuningdek, jadallik bilan rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari sohasi haqida maʼlumot berdi. Shundan keyin ILM.UZ asoschisi Shahzod Magdiyev akademiya haqida, uning tashkil etilishidan asosiy maqsad, undagi imkoniyatlar va akademiyada oʻqishning tartibi haqida batafsil maʼlumot berdi.
To‘rtinchi - aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 1 ta asosiy Axborot resurslar markazi hamda 44 ta kafedralar qoshida “tayanch kutubxonalar” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, jami 15 818 nomdagi 32 354 ta badiiy adabiyot bilan ta’minlangan.
Butun dunyoda hukm surgan pandemiya tufayli mamlakatimizda joriy etilgan karantin cheklovlari davrida o‘quvchilar bilan kitobxonlik onlayn tanlovlari o‘tkazilib, ularga 18469 nafar o‘g‘il-qiz jalb qilingan.

Beshinchi tashabbus — xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash yo‘nalishida qurilgan chora-tadbirlar natijasida 2020-yilda 1 821 nafar, 2021-yilda 1 777 nafar, 2022-yilda 1 448 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Turli yo‘nalishlarda 422 nafar xotin-qizlar qisqa muddatli kasb-hunar o‘quv kurslarida o‘qitilib, ishga joylashtirilgan. Ishga joylashtirish asosiy maqsad qashshoqlikni kamaytirish, yosh avlodlar o’rtasida sifatli ta’lim va yetuk mutaxassis etib o’qitish kabi asosiy tamoyil hisoblanadi. 

Oltinchisi – bu ommaviy ma’ruzalar bo’lib bunda keng jamoatchilik uchun ochiq bo’lgan ommaviy ma’ruza tadbirlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari universitetda Universitetda Ommaviy tadbirlar rejasi mavjud bo’lib bular quyidagilarni tashkil etadi:

1) O‘quvchilarni qishki ta’til kunlarini hamda “Yangi yil bayrami” tadbirini mazmunli tashkil etish. 
2) 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida “Ajdodlar qahramonligi yoshlarga ibrat”, “Mamlakatimiz qurolli kuchlari tinchlik va osoyishtaligimz garovi” mavzularida ma’ruza, davra suhbatlari, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ilmiy anjuman va tadbirlar tashkil etish.
3) Ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” klublari faoliyatini rivojlantirish va turnirini o‘tkazish.
4) 21-mart – “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan:

  1. Liboslar ko‘rgazmasi;
  2. Fotosuratlar va rasmlar ko‘rgazmasi;
  3. Milliy hunarmandchilik ishlari ko‘rgazmasini tashkil qilish.

5) Yosh avlodni mehr va muruvvat ruhida tarbiyalash, boy kasbiy va hayotiy tajribalar, ezgu an’analar, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarning uzviyligini ta’minlash maqsadida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab turkum tadbir o‘tkazish.
6) Agentlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Musiqa, raqs, tasviriy san’at, dramaturgiya” yo‘nalishlarida ijodiy festival tashkil etish.  
7) O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini yuqori saviyada va keng miqyosda nishonlash bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish.
8) 1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan “Sizga ta’zim, sizga ehtirom aziz ustozlar” shiori ostida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish.
9) O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi qonun” qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etish.
10) 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab “Konstitutsiya haftaligi” tadbirlarini o‘tkazish. Haftalik davomida ilmiy-amaliy anjuman, foto  ko‘rgazma, trening, viktorinalar tashkil etish.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor A.Toshqulov tabiiy fanlar fakultetining bir guruh talabalariga mahorat darsini oʻtib berdi

  • 2024-04-24
  • 30

Erkin va rasmiy formatdan yiroq boʻlgan ushbu uchrashuvda talabalarga Vatan rivojiga hissa qoʻshish, harakat va qatʼiylikka intilish, oʻz ustida izlanish, xorijiy OTM muassasalarida taʼlim olish,

Batafsil

TerDUda “Adabiyot haftaligi” davom etmoqda

  • 2024-04-23
  • 42

Termiz davlat universitetida Surxon elining farzandi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2024-04-22
  • 54

Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi Allayarov Sirojiddin Kamolovichning Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda

Batafsil