🟢Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida kuz-qiş mavsumida talabalarning xavfsizligini ta’minlaş, ijara xonadonlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbir taşkil etildi.
🟢Tadbir universitet rektorining 2026-yil 13-oktabrdagi 233-U-sonli “Ijara xonadonlarida turuvçi talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş töğrisida”gi buyruği ijrosi doirasida ötkazildi.
🟢Unda FVV Fuqaro muhofazasi instituti RKTBM kafedrasi dotsenti A. Boymirzayev, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği örinbosari D. Bekmurodov, boşqarmaning mas’ul xodimlari hamda fakultet vakillari iştirok etdi.
🟢Uçraşuv davomida talabalarga yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş, is gazidan zaharlanişning oldini oliş, isitiş moslamalari, gaz va elektr jihozlaridan töğri hamda xavfsiz foydalaniş böyiça tuşuntirişlar berildi.
🟢Şuningdek, ijara xonadonlarida xavfsiz yaşaş şaroitlarini ta’minlaş, ehtimoliy xavf-xatarlarni öz vaqtida aniqlaş va favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.