TERDUDA MANBAŞUNOSLIK VA MATNŞUNOSLIK BÖYIÇA ILMIY MARKAZ TAŞKIL ETIŞ LOYIHASI TAQDIM ETILDI

Yangiliklar 06-11-2026 46 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 9 SDG 9 Sanoat, innovatsiya 11 SDG 11 Barqaror shaharlar va jamoalar 17 SDG 17 Hamkorlik va sheriklik

Termiz davlat universiteti rektori, professor Abduqodir Toşqulovga universitet huzuridagi Ilmiy-tadqiqot markazi tarkibida taşkil etilişi rejalaştirilayotgan “Manbaşunoslik va matnşunoslik fundamental tadqiqotlar markazi” loyihasi taqdim etildi.

Taqdimot davomida markazning asosiy faoliyat yönalişlari, maqsad va vazifalari hamda istiqboldagi ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi. Xususan, milliy, Şarq va Ğarb tillarida yaratilgan tarixiy, ilmiy va adabiy manbalarni örganiş, qölyozma va nodir asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlaş, tadqiqot natijalarini ilmiy muomalaga kiritiş hamda ulardan ijtimoiy-gumanitar fanlarni öqitişda samarali foydalaniş masalalariga e’tibor qaratildi.

Şuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida manbalarni tadqiq etiş, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş va uşbu yönalişda malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Markaz faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri Surxon vohasining boy ilmiy-ma’naviy merosini örganiş etib belgilanişi közda tutilmoqda. Jumladan, Termiziy va Çağoniy nisbalari bilan maşhur allomalarning asarlarini asl manbalar asosida tadqiq etiş, ularning jahon ilm-fani rivojiga qöşgan hissasini yoritiş va xalqaro miqyosda keng tarğib qilişga alohida e’tibor qaratiladi.

Taqdimot yakunida markaz faoliyatini samarali taşkil etiş, ilmiy salohiyatdan unumli foydalaniş va istiqbolli tadqiqot loyihalarini işlab çiqiş yuzasidan takliflar bildirildi.
Mazkur taşabbus tarixiy-ma’naviy merosimizni çuqur örganiş, fundamental tadqiqotlarni rivojlantiriş hamda Surxon vohasining jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotidagi örnini yanada kengroq yoritişga xizmat qilişi kutilmoqda.