Termiz davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan shonli sana oldi o‘tganlarni xotirlash va hayot bo‘lgan keksalarni qadrlash tadbiri tashkil etildi.
Unda 150 nafar uzoq yillar davomida ko‘z nuri, qalb qo‘rini shu universitet rivoji, taʼlim taraqqiyotiga sarflagan keksa-nuroniylar hamda ushbu sohaga mehnati singan fidokor professor-o‘qituvchilar taklif etildi.
Tadbirda bugungi dorilamon kunlarning qadri, ezgu tashabbuslar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sohasidagi yangiliklar xususida suhbatlar qilinib, mehnat faxriylariga chuqur hurmat, eʼzoz ko‘rsatildi.
Dasturxon atrofida duoga qo‘l ochilib, taʼlim-tarbiya yo‘lida sidqidildan xizmat qilgan marhum ustozlar, hamkasblar va soha vakillari yodga olindi.