Termiz davlat universitetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
Unda huquq-tartibot organi xodimlari, fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Talabalarga korrupsiya illatining oqibatlari tushunturildi.
Korrupsiya — har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning ma’naviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.