SHODMONQUL SALOM BILAN IJODIY UCHRASHUV

Xalqimiz azal-azaldan ijod ahlini e’zozlab kelgan. Ularning ijod mahsullarini qalb qo‘rida ardoqlab avaylashga, o‘zidan keyingi avlodga bekamu ko‘st yetkazishga harakat qilishgan. Qalblardan chuqur joy egallagan o‘lmas satrlar esa tildan tilga ko‘chib, xalq ijodiy merosining o‘lmas durdonasiga aylangan.
El tanigan, asarlari orqali qalblarga kirib borgan ijodkor bilan uchrashish endi ijodga, adabiyotga kirib kelayotgan iste’dodlar uchun chinakamiga bayramdir. 

Universitetida taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish odat tusiga kirib qolgan. Kuni kecha taniqli shoir Shodmonqul Salomning talabalar bilan ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shoir adabiyot, shoirlik qismati, bugungi kunda yurtimizda adabiyotga berilayotgan e’tibor haqida fikrlarini bayon etdi va o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi.

Ijodkor talabalar shoir she’rlari, o‘zlarining ijod namunalaridan aytishdi. Tadbir tom ma’noda o‘ziga xos bir ijod, she’riyat bayramiga aylandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 14

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 17

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 26

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil