MEHNAT AMALIYOTI EKVIVALENT HUQUQLARNI AUTSOSSING Ta’limning ishlab chiqarish

MEHNAT AMALIYOTI EKVIVALENT HUQUQLARNI AUTSOSSING Ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi Termiz davlat universitetining kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnologik yechimlar yaratishda korxona-tashkilotlarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanganlik darajasi Universitet kafedralari tomonidan Surxondaryo AVTOTEXXIZMAT AJ, Sho‘rchidonmahsulotlari OAJ, BIO-TEXNO-EKO MChJ qattiq maishiy chiqinidilarni qayta ishlash korxonasi, Surxon Sendvich MChJ, Olmaliq AJ, Termiz shahar xalq ta’limi boshqarmasi, Surxondaryo viloyati rus madaniy markazi, Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, “Fayz Istiqlol Bunyodkori” xususiy korxonasi, Ilxom qurilish servis MChJ, Janubiy taraqqiyot MChJ, Janubiy loyiha MChJ, “Kapitel pro” MChJ loyihalashtirish tashkiloti, “Kuchkak chinori X/K, Shuxrat Jo‘raev qurilish ekspertiza va nazorati MChJ, Surxon sanoat qurilish kompaniyasi, Surxondaryo viloyati QSXN inspeksiyasi, Surxondaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi, Termiz Boysun qurilish MChJ, Termiz ta’minot SKTXK, Termiz tezkor qurilish ITKT, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, “Alian Servise Denov” OK, Buxoro muhandislik texnologik instituti, , “Denov mustahkam beton” xususiy korxonasi, Qumqurg‘on-Surxon katta qurilish, Sherobod tuman arxitektura va qurilish, Surxon qurilish bosh boshqarmasi, Surxon sanoat qurilish kompaniyasi, Surxondaryo viloyati Fayz-Trans-Invest MChJ, “Termiz kargo sentre” MChJ, Terimz temir beton MChJ”, “Surxonadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi”, O‘zR FA O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, “Surxondaryo viloyati Moliya boshqarmasi”, “O‘zagrosug‘urta OAJ” Surxondaryo filiali, “Ipoteka bank ATIB Surxonadaryo viloyat filiali”, “Agrobank OATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi”, “Surxondaryo viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi”, “Mikrokredit bank OATB” va boshqarmalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib, Mazkur shartnoma mamlakatimizni ijtimoy-iktisodiy rivojlantirish buyicha ustuvor vazifalarga muvofik kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan kayta kurib chikish, xalkaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maksadida Uzbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida” gi PK-2909-son karoriga muvofik tuzilgan bulib, oliy ta’lim muassasalari ilmiy saloxiyatini mustaxkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish va rivojlantirishga doir tashkiliy, uslubiy, me’yoriy masalalarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Shu maqsadlarni amalga oshirishda jamoalarimiz mas’uliyatini his etgan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadlarini ko‘zlab yuqorida nomlari keltirilgan tashkilot va korxona raxbarlari bir tomondan, Termiz davlat universiteti rektori ikkinchi tomondan hamkorlik shartnomalarini tuzdilar. 
Talabalar soni. Universitet talabalar kontingenti 26395 nafarni tashkil etadi.

Shundan, bir oydan ortiq ish joyiga ega bo`lgan talabalar soni 9102 nafar tashkil etadi.

Universitetga ishga qabul qilingan talabalar 68 nafarni tashkil etadi. Jumladan 55 nafar bakalavriat ta`lim yo`nalishida, 13 nafar magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarni xodim sifatida ishga qabul qilingan.Ishga qabul qilingan talabalar bilan “Ustoz-shogird’’ an’analari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,kasb sirlari puxta o‘rgatib kelinmoqda.

Talabalarni bandligini taʼminlash, ularni boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish borasidagi amaliy ishlar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari qatorida Termiz davlat universitetida ham olib borilmoqda. Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 19-sonli bayoni ijrosi yuzasidan talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Respublika va hududiy miqiyosdagi potensial ish beruvchi yuridik shaxslar, korxona, tashkilot va muassasalar nomi, joylashgan manzili, faoliyat yo‘nalishi, bo‘sh lavozimlar, bo‘ysinuvchi vazirlik yoki idoralar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi yaratildi va ushbu ma’lumotlar bazasiga binoan universitet, bitiruvchi hamda ish beruvchi o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolandi. Surxondaryo viloyati Bandlik boshqarmasi va shahar, tumanlar bandlikka ko‘maklashish hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda ish beruvchi korxonalar ma’lumotlari banki yaratildi.

Surxondaryo viloyat hokimligi, Termiz davlat universiteti hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada viloyatning shahar va tumanlar darajasidagi tashkilot, muassasa, korxonalar va yirik tadbirkorlik subyektlari vakillari boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdilar.
Yarmarkada qatnashgan barcha talaba-yoshlar uchun 160 dan ortiq tashkilotlarda mavjud 2512 mingga yaqin vakant ish oʻrni taklif etildi.

Mazkur yarmarkada Termiz davlat universitetining 3 ming nafardan ortiq talabasi ishtirok etib, shu yerning oʻzida 300 nafardan ortiq talabalarga ishga joylashish boʻyicha yoʻllanmalar berildi.
2018/2022 o‘quv yili bitiruvchilarining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha viloyat, shahar va tumanlar kesimidagi ma’lumotlar universitetning (https://tersu.uz/struct/view/1000048) veb sayti orqali muntazam e’lon qilib boriladi.
Surxondaryo viloyati bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi hamda (https://tersu.uz/struct/view/1000049/ https://vacancy.argos.uz   http://ish.mehnat.uz veb-saytlaridagi ma’lumotlar asosida yangi tashkil etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan  bitiruvchilarni doimiy tanishtirib borildi va universitet Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari burchagi tashkil etilib har oy tumanlar kesimida ma’lumotlar bazasi yangilab boriladi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga uch tomonlama shartnomalar tuzish orqali bitiruvchilarni ishga taqsimlash ishlari olib borilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU jamoasi mini futbol bo'yicha 1-o‘rinni egalladi

  • 2024-05-10
  • 14

Termiz davlat universiteti jamoasi mini futbol bo'yicha 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat kengashi tomonidan

Batafsil

Universitet rektori dars jarayonida

  • 2024-05-08
  • 18

Rektor A. Toshqulov Iqtisodiyot va turizm fakultetining 5-kurs sirtqi taʼlim yo‘nalishi talabalariga “Davlat byudjeti” fanidan maʼruza mashg‘ulotini o‘tib berdi. Ilmiy bahslar va manfaatli maʼlumotlarga boy bo‘lgan dars jarayoni talabalarda iliq

Batafsil

Xotira ulug' — qadr muqaddas

  • 2024-05-08
  • 18

Termiz davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan shonli sana oldi o‘tganlarni xotirlash va hayot bo‘lgan keksalarni qadrlash tadbiri tashkil etildi.

Batafsil