SOHIBQIRON TAVALLUDIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR

9 aprel – buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludiga 685 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha muassasalar va xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarimiz, xalqaro ilmiy markazlarda ushbu sana keng nishonlanmoqda. 

Jumladan, Termiz davlat universitetida ham Amir Temur tavalludining 685 yilligi keng nishonlandi. Mazkur tadbirda professor-o‘qituvchilar, tarixchi olimlar, talabalar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. 

Universitet rektori A.R.Marahimov tadbirni ochib berar ekan, Amir Temurning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi, uning davlatni boshqarishdagi adolatparvarligi, ilm-fanga, olimlarga e’tibori haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan tarixchi olimlar Amir Temur shaxsiyati, uning davlatchilik sohasidagi faoliyati, harbiy yurishlari haqida ma’ruzalar qilishdi. 

Tadbirda talabalar tomonidan monolog, sahna ko‘rinishlari taqdim qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 15

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 17

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 26

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil