Umrini ilmga bag‘ishlayotgan ustoz

Termiz davlat universiteti Falsafa kafedrasining professori, falsafa fanlari doktori Shomat Samatovning tavallud ayyomining 80 yilligi, ilmiy-pedagogik faoliyatiga esa 62 yil to‘lishi munosabati bilan uchrashuv bo’lib o‘tdi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov zoom platformasi orqali ustozga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘lladi, TerDU rektori, professor Avazjon Maraximov hamda Samatov Shomat Berdiyevich bilan birgalikda faoliyat olib borgan professor-o’qituvchilar, ustozning shogirdlari ishtirok etishdi. 
So‘zga chiqgan professor-o’qituvchilar va shogirdlari ustozning umr yo’llariga mustahkam sog’lik, oilasiga tinchlik, faoliyatiga esa ulkan zafarlar tilashdi.
Shomat Berdiyevich Samatov 1942 yil 2 iyul kuni Boysun tumanidagi Machay qishlog‘ida tug‘ilgan. 1960 yilda Boysun tumani markazidagi 1-son o‘rta maktabni tugatib, Machay qishlog‘idagi hozirgi 46-son maktabda bir yil muallim bo‘lib ishladi. 1961 yil A.Navoiy nomli Samarqand davlat universitetining tarix fakultetiga o‘qishga kirdi. 1961-1964 yillar harbiy xizmatda bo‘ldi. Harbiy xizmatdan qaytgach o‘qishini davom ettirdi va 1968 yili Samarqand davlat universiteti tarix fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1968-1972 yillar davomida Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. 1972 yilning sentabridan buyon olimning ilmiy-pedagogik faoliyati bevosita Termiz davlat universiteti bilan bog‘liq. 1972-1974 yillar Falsafa kafedrasining katta o‘qituvchisi; 1974-1975 yillar tabiiyot fakulteti dekani; 1975 yilning dekabridan 2013 yilgacha falsafa kafedrasining mudiri, hozir Falsafa kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Sh.B.Samatov haqli ravishda respublikamizning yetakchi olimlaridan biri sifatida tan olingan. U mashhur olim, O‘zRFA akademigi S.Sh.Shermuhamedov ilmiy rahbarligida 1973 yili nomzodlik va 1991 yili “(Hozirgi bosqichda milliy madaniyatlar rivojining xususiyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusida falsafa fanlari doklari ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya himoya qildi. Unga Falsafa mutaxassisligi bo‘yicha 1978 yili dotsentlik, 1992 yili professorlik ilmiy unvoni berilgan. Olimning ijodi nihoyatda serqirra.

Talabalarning sevimli ustoziga aylangan Samatov Shomat Berdiyevich 1972-yildan buyon Termiz davlat universitetida ilmiy-pedagogik faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shu kungacha falsafa, tarix, madaniyatshunoslik, axloqshunoslik, huquqshunoslik, pedagogika, adabiyot, tilshunoslik va boshqa sohalarga oid 450 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop ishlar muallifi, 137 ta Xalqaro, ilmiy-nazariy hamda uslubiy konferensiyalarining ishtirokchisi hisoblanadi, o‘nlab asarlarga muharrirlik qilgan va tahrir Hay’ati a’zosi sifatida qatnashgan. Bundan tashqari ustoz “O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi” ordeni, “O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil” ko‘krak nishoni sohibidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Adabiyot haftaligi” davom etmoqda

  • 2024-04-23
  • 22

Termiz davlat universitetida Surxon elining farzandi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2024-04-22
  • 38

Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi Allayarov Sirojiddin Kamolovichning Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda

Batafsil

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

  • 2024-04-22
  • 32

Termiz davlat universitetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil