Konstitutsiyaviy islohot obod turmush va jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi

Bu o‘zgarishlar mamlakatimizda konstitutsiyaviy-huquqiy makon asoslarini takomillashtirishni, Asosiy qonunimizda “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” prinsipini mustahkamlab, inson manfaatlari ta’minlanishini bosh mezon sifatida belgilashni taqozo etdi. Shu asosda Bosh qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayoni boshlandi.

Kelgusidagi yanada obod va farovon turmushimizni huquqiy jihatdan mustahkamlaydigan Bosh qomusimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonida huquqshunoslar, olimlar, pedagoglar qatorida aholi faol ishtirok etdi. Endilikda xalqimiz qizg‘in muhokama etayotgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi bu jarayonda qatnashgan ko‘p millatli xalqimiz taklif va xohishlari mahsulidir.

Shuni alohida aytish kerakki, bu o‘zgartish va tuzatishlar jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub aholining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy, madaniy, ekologik kabi huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Konstitutsiyada yuz berayotgan yangilanishlar "inson – jamiyat – davlat" prinsipiga asoslangan. U milliy o‘zligimiz, qadriyat va an’analarimizni aks ettirib, amaldagi Asosiy qomusimizning 60 dan ortiq moddasiga tuzatishlar kiritishni ko‘zda tutmoqda.

Fuqarolarimizning konstitutsiyaviy qonun loyihasida juda faol ishtirok etgani esa xalqimiz qisqa yillarda o‘z turmushida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni chuqur his etayotganini, Vatanimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bevosita qatnashchisi bo‘lishga intilayotganini, har bir yangilanishga katta qiziqish bildirayotganini namoyon etdi. Kiritilishi kutilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar “inson qadri uchun”, degan tamoyilni amalga oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Barcha islohotlarda inson qadri ulug‘lanmoqda. Bunda odamlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga, ijtimoiy himoyasini kuchaytirib, turmush darajasini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Masalan, bundan besh-olti yil muqaddam Surxondaryodagi nafaqat, chekka qishloqlar balki, viloyat markazi aholisi ham elektr energiyasidagi har kungi uzilishlardan aziyat chekkanini hali hech kim yodidan chiqarmagan bo‘lsa kerak. Elektr energiyasi ta’minotidagi bu muammo endilikda yechimini topdi.

To‘g‘ri, energiya aholi o‘sishi, ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ehtiyoj ortib boradigan mahsulot. Agar raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, 2017 yil viloyatning elektr energiyasi iste’moli 380 megavattni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich viloyatda yirik sanoat loyihalarining ishga tushirilishi, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda yangi turar-joy massivlarining barpo etilishi hisobiga 2021 yilda 520 megavattga yoki o‘tgan besh yilga nisbatan 37 foizga oshgan. Kelgusi besh yillikda yirik investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi va iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining o‘sib borishi natijasida yillik talab 710 megavattni tashkil etishi kutilmoqda.

Mamlakatimizda keyingi yillarda uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan islohotlar bu masalaning yechimini topib, xalqimizni hayotdan rozi qilib yashashga yo‘naltirilgan zamonaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Sherobod tumanida katta quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilayotir. Angor tumanida tamal toshi qo‘yilgan issiqlik elektr stansiyasi esa mamlakatimiz energetika sohasidagi yirik loyihalardan biri bo‘ldi. Mazkur korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 1 ming 600 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Hozir qurilish ishlarida ikki mingga yaqin ishchi mehnat qilayotgan bo‘lsa, foydalanishga topshirilgach, 150 mutaxassis ish bilan ta’minlanadi. Bu yerda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi vohaning ichki ehtiyojini qondirishdan tashqari uning bir qismini boshqa viloyatlar va qo‘shni davlatlarga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.

Tinch, to‘kin Vatanimiz taraqqiyot sari shiddat bilan odimlayotgan bir paytda davr talabidan kelib chiqib, amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda inson qadrini ulug‘lash ustuvor vazifa sifatida belgilanib, “Inson-jamiyat-davlat” strategiyasi asosiy maqsad qilib olinganida chuqur ma’no bor. Zero, obod turmushimiz, jamiyatimiz ravnaqi, huquq va burchlarimiz kafolati uchun xizmat qiladigan bu islohotni qo‘llab-quvvatlash, Bosh qomusimizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish jarayonida faol ishtirok etish biz, fuqarolarning asosiy burchimiz bo‘lishi lozim.

Asroriddin Qosimov,

Termiz davlat universiteti umumiy fizika kafedrasi mudiri, 

Turon fanlar akademiyasi akademigi.

O‘zA

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor A.Toshqulov tabiiy fanlar fakultetining bir guruh talabalariga mahorat darsini oʻtib berdi

  • 2024-04-24
  • 29

Erkin va rasmiy formatdan yiroq boʻlgan ushbu uchrashuvda talabalarga Vatan rivojiga hissa qoʻshish, harakat va qatʼiylikka intilish, oʻz ustida izlanish, xorijiy OTM muassasalarida taʼlim olish,

Batafsil

TerDUda “Adabiyot haftaligi” davom etmoqda

  • 2024-04-23
  • 42

Termiz davlat universitetida Surxon elining farzandi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2024-04-22
  • 54

Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi Allayarov Sirojiddin Kamolovichning Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda

Batafsil