TerDUda Innovatsion rivojlanish vazirligining “Jamiyat va innovatsiyalar” jurnali hamda “in Science” kompaniyasi asoschisi Shohruxbek Sobirov, kompaniya xalqaro eksperti – ukrainalik mutaxassis Inna Loyko ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Tadqiqotchilar, magistr va doktorantlarga Scopus, Web of Science va OAK jurnallarida maqolalar nashr etish, xalqaro va milliy konferensiyalar tashkil etish va indeksatsiyalash yuzasidan tavsiyalar berildi va hamkorlik xizmatlari ham taklif etildi.