AYOLLAR DOIM E'TIBOR VA E'ZOZDA

Barchamiz orziqib kutgan so'lim bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko'ngillarimiz yorug' tuyg'ularga to'lib boradi. Biz bugun yaratganning buyuk mo'jizasi bo'lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o'zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarni ulug'lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning "Jannat onalarning oyog'i ostidadir” degan mazmundagi so'zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta'zim qilamiz.

8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami Termiz davlat universitetida keng miqyosda nishonlandi. Barcha fakultetlarda “Onalarga ta'zim”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Ayol borki, olam munavvar” nomli bayram tadbirlari o'tkazildi. Tadbirlar davomida “Balli qizlar” tanlovlari ham tashkil etilib, unda dilbar va lobar qizlarimiz o'z mahoratlarini sinab ko'rishdi.

 

Bayram tadbirlari yakunida universitetimizdagi ijtimoiy himoya muhtoj talaba qizlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 14

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 17

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 25

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil