Termiz davlat universiteti talabalari ishtirokida "Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning gʻarazli niyatlari va muqaddas islom dining asl mazmun-mohiyati" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilarga koʻp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʻrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri ekanligi taʼkidlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilar din va diniy munosabatlar, islom madaniyatining asl qadriyatlari, farzand tarbiyasida islom dinining oʻrni va boshqa shu kabi oʻzlarini qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita tamonidan tavsiya etilgan videorolik namoyishi boʻlib oʻtdi.