Termiz davlat universiteti Yil yangiliklari

08.01.2021
Termiz davlat universitetida 2019/2020 o‘quv yilida ochilgan Dizayn (milliy kostyum) hamda Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash texnologiyasi (milliy tikuv buyumlari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida “Dizayn” studiyasi  tashkil etilgan edi. 
Universitet rektori mazkur studiyada bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Studiya faoliyatini kengaytirish, ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun qulayliklar yaratish, nazariy bilimlarni ushbu studiyada faoliyat ko‘rsatish orqali amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, kelgusida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. 
Kelgusida “Dizayn” studiyasida talabalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning ko‘rgazmasini muntazam o‘tkazib borish va u orqali ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

26.01.2021

Hamkorlikdagi istiqbolli uchrashuv Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida chiqindilarni qayta ishlash va Surxondaryo viloyatning ekologik muammolari hamda ularning yechimlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Qoʻmita raisining oʻrinbosari, universitet rektori va kimyogar olimlar ishtirok etgan tadbirda bugungi ekologik vaziyat, tabiat musaffoligiga taʼsir etuvchi omillar, chiqindilar va ularni qayta ishlash, olimlarning bu boradagi ilmiy ishlarini amaliyotga joriy etishni jonlantirish kabi mavzular atroflicha muhokama etildi. Taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, hamkorlikda amaliy loyihalarga qoʻl urish, universitetda tahlil labaratoriyalarini koʻpaytirish ikki tashkilot oʻrtasidagi muhim  kelishuv boʻldi.
Uchrashuv davomida universitet olimlari qoʻmita vakillariga voha tuprogʻi va suvlari tarkibidagi elementlarni oʻrganish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish boʻyicha oʻz takliflarini berdi.

26.03.2021
“XONATLAS JILOSI- 2021” MILLIY LIBOSLAR NAMOYISHI Joriy yilning 26 mart kuni Termiz davlat universiteti Milliy libos fakultetida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, “Dizayn Group” kompaniyasi, “INDENIM” savdo majmuasi hamda “ZIF Textile” qo‘shma korxonasi hamkorligida “Xonatlas jilosi”-2021 milliy liboslar kolleksiyasining namoyishi o‘tkazildi.
Tadbir davomida nafaqat yosh dizaynerlarning liboslar kolleksiyasi namoyishi, balki talabalar ishtirokida milliy raqs, viktorina o‘yinlari, milliy urf-odatlarimizga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi, she’r va qo‘shiqlar, talaba yoshlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida “Xonatlas jilosi -2021” ko‘rik tanlovida “Eng yaxshi eskizlar” hamda “Milliy liboslar kolleksiyasi” nominasiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan yosh dizaynerlar qimmatbaho sovg‘alar, diplom va sertifikatlar topshirildi.

16.04.2021
Termiz davlat universitetida ilmiy-texnik anjuman o'tkazildi. 26-aprel kuni Termiz davlat universitetida "Transport - logistika: muammo va yechimlar" mavzusida Respublika ilmiy - texnik anjumani bo'lib o'tdi. 
Anjumanda soha vakillari, Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari, ilmiy xodimlar va talabalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Anjumanning yalpi ochilish qismida tashkiliy qo'mita raisi, TerDU rektori, professor A.R.Marahimov kirish so'zi bilan ochib berdi hamda logistika va yetkazib berish zanjirlarini optimallashtirish yo'nalishlari, hududda transport muammolari, logistikaning funksional sohalari bo'yicha ta'lim jarayonlarini tashkil etish masalalari borasida o'z taklif va mulohazalarini bildirib o'tdi.
Yalpi majlisdan keyin Respublika ilmiy - texnik anjumani o'z faoliyatlarini to'rtta ixtisoslashgan seksiyalarda kun davomida davom ettirdilar.
11.10.2021
Bazalt minerali asosida yuqori darajada to'ldirilgan yuqori haroratga chidamli va mexanik mustahkam kompaundlarni ishlab chiqarish mavzusi bo‘yicha innovatsion lohiya uchun 1 400 000 000 so‘m miqdoridagi grant mablag‘lari yutib olindi. Ayni vaqtda loyiha ishlab chiqarish bosqichida amalga oshirilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

  • 2024-04-25
  • 10

Usmon Azim tugʻilgan yurti Surxondaryo viloyatining qadimiy Boysunida milliy qadriyatlar havosi bilan toblangan inson. U nafaqat nazmda, balki nasrda ham oʻzining alohida oʻrniga ega. 

Batafsil

Rektor A.Toshqulov tabiiy fanlar fakultetining bir guruh talabalariga mahorat darsini oʻtib berdi

  • 2024-04-24
  • 42

Erkin va rasmiy formatdan yiroq boʻlgan ushbu uchrashuvda talabalarga Vatan rivojiga hissa qoʻshish, harakat va qatʼiylikka intilish, oʻz ustida izlanish, xorijiy OTM muassasalarida taʼlim olish,

Batafsil

TerDUda “Adabiyot haftaligi” davom etmoqda

  • 2024-04-23
  • 51

Termiz davlat universitetida Surxon elining farzandi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil