TerDUda Zulfiyaxonim va Abdulla Oripov ijodiga bag'ishlangan "Ular she'ri uchdi ko'p yiroq" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

 Bahor deya so'z boshlasak, albatta ko'z oldimizga bayram va shodiyonalar keladi. Universitetimizda talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantrish maqsadida 4-TTJ hovlisida Xorijiy filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda tyutorlari tashabbusi bilan Zulfiyaxonim va Abdulla Oripov ijodiga bag'ishlangan "Ular she'ri uchdi ko'p yiroq" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda O'quv ishlar bo'yicha prorektor R.To'rayev, Termiz davlat universitetining talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi S.Aliqulovlar ishtirok etishdi va ijodkor, talabalarga o'zlarining fikrlarini bildirishdi. 

Tadbir asosan talabalar orasida Zulfiyaxonim va Abdulla Oripov she'rlarini ifodali o'qish, mavzuga oid rasmlar chizish bo'yicha musobaqa shaklida bo'lib o'tdi hamda g'oliblar munosib tarzda taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak kasbi shu yerdan boshlanadi!

  • 2026-06-22
  • 25

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari talaba va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Batafsil

BIZ – GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

  • 2026-06-22
  • 19

Bugun Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Ilxom Abrayev va Otabek Ergashev ishtirokida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan maʼrifiy-huquqiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil

Termizdan Malayziyagacha cho‘zilgan ilm yo‘li...

  • 2026-06-22
  • 27

Ba’zan bir safar faqat masofani emas, imkoniyatlar chegarasini ham kengaytiradi. 12–20-iyun kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan

Batafsil