Xabaringiz bor, Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidorlarini namoyon etish maqsadida 10 turdagi (TerDU Yoshlar ittifoqi tomonidan "Zakovat" intellektual o‘yini doirasida "Rektor kubogi" turniri, Talaba-yoshlar Parlamenti talabalarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlov, xotin-qizlar Kengashi qoshidagi "Qizlarjon klubi" tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Siz ta’tilni qanday o‘tkazmoqdasiz?” videoroliklar tanlovi, "Mehr ulashib" videoroliklar tanlovini, "Yangi Oʻzbekistonni birga barpo etamiz" nomli insholar tanlovi, "Eng yaxshi hunarmand", "Eng yaxshi dasturchi", "Men sevgan asar" esselar tanlovi, "Eng yaxshi rasmlar", "Eng qobiliyatli sportchi") onlayn ko‘rik tanlovlar o‘tkazilgan edi. Mazkur tanlovlarda 500 nafardan ortiq talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi hamda yakuniy natijalarga ko‘ra 40 nafar iqtidorli talabalar g‘oliblar qatorida joy olishdi.