TerDUda 14 ta fandan o‘tkazilgan onlayn fan olimpiadasining g’oliblari taqdirlandi
Ilm yoʻlida qilingan mehnat, tinimsiz harakat kun kelib ragʻbat va eʼtirofga sababchi boʻladi. Bunday eʼtibor kishiga kuch bagʻishlab, yangidan yangi marralarni zabt etishga undaydi.
Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, fanlardan olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Rus tili”, “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”, “Tarix”, “Oʻzbek dialektologiyasi”, “Kimyo”, “Zoologiya”, “Konstitutsiyaviy huquq”, “Dasturlash texnologiyalari”, “Ingliz tili”, “Fizika”, “Umumiy pedagogika”, “Musiqa nazariyasi va garmoniya”, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanlaridan onlayn olimpiada tashkil etildi. Olimpiada uchun test savollari fakultetlarning professor-oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqildi.
Ushbu olimpiada g’oliblarining taqdirlash marosimi Termiz shahridagi San’at saroyida tantanali tarzda tashkil etildi. Olimpiadada g’olib bo’lgan 42 nafar talabalar diplom 1-oʻrin – 500 ming so’m, 2-oʻrin – 400 ming so’m, 3-oʻrin uchun – 300 ming so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Olingan ragʻbat ilm ahlining keyingi izlanishlari uchun muhim ahamiyatga egadir.
Bizni kuzatishda davom eting!