Termiz davlat universiteti doktoranti Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

Bugun Aziza Xolboyeva Termiz davlat universiteti rektori tomonidan ushbu yuksak mukofot bilan yana bir bor qutlandi.

Aziza Xolboyeva erishgan yutuqlari bisyor. U koʻplab koʻrik-tanlovlar gʻolibasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi davlat stipendiyasi, “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni, “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohibasi, Surxandaryo viloyati “Kelajak liderlari” klubi vitse-prezidenti hisoblanadi. 

Termiz davlat universiteti rahbariyati Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori A.Xolboyevani faxr, iftixor va sharaf tuygʻulariga yoʻgʻrilgan ushbu yuksak eʼtirof bilan qutlab, oʻqish va ishlarida rivoj, yorqin isteʼdodi va ijodiga barkamollik tilaydi!
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak kasbi shu yerdan boshlanadi!

  • 2026-06-22
  • 25

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari talaba va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Batafsil

BIZ – GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

  • 2026-06-22
  • 19

Bugun Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Ilxom Abrayev va Otabek Ergashev ishtirokida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan maʼrifiy-huquqiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil

Termizdan Malayziyagacha cho‘zilgan ilm yo‘li...

  • 2026-06-22
  • 27

Ba’zan bir safar faqat masofani emas, imkoniyatlar chegarasini ham kengaytiradi. 12–20-iyun kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan

Batafsil