TRIGGER loyihasining navbatdagi yig‘ilishi Slovakiya Respublikasining Koshitse shahrida o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda Slovakiya Respublikasining Koshitse shahrida Yevropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi doirasida “TRIGGER – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” xalqaro loyihasining 3-yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Mazkur yig‘ilishda Slovakiyaning Koshitse Texnika universiteti, Avstriyaning BFI Vena Amaliy fanlar universiteti, Fransiyaning Cot-dAzur universiteti, Gretsiyaning Pirey shahrida joylashgan IDEC S.A. kompaniyasi, Tojikistondan Kulob Davlat universiteti, Khorog davlat universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Dushanbe filiali, Dangara davlat universiteti, Qozog‘istondan L.N.Gumilyov nomidagi Evroosiyo milliy universiteti, H.Dosmuhamedov nomidagi Atirau universiteti, S.Toraygirov nomidagi Povlodor davlat universiteti, O‘zbekistondan Jizzax politexnika instituti, Termiz davlat universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti vakillari qatnashmoqdalar.


Uchrashuvda TRIGGER loyihasi a’zolari Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti dekani A.Xudoyqulov va  moliya kafedrasi katta o’qituvchisi M.Turanovlar ishtirok etishmoqda. Universitetimiz vakillarining loyiha doirasida taqdimot qilishi ko’zda tutilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak kasbi shu yerdan boshlanadi!

  • 2026-06-22
  • 25

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari talaba va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Batafsil

BIZ – GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

  • 2026-06-22
  • 19

Bugun Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Ilxom Abrayev va Otabek Ergashev ishtirokida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan maʼrifiy-huquqiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil

Termizdan Malayziyagacha cho‘zilgan ilm yo‘li...

  • 2026-06-22
  • 27

Ba’zan bir safar faqat masofani emas, imkoniyatlar chegarasini ham kengaytiradi. 12–20-iyun kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan

Batafsil