KONSTITUTSIYAMIZNING 34 YILLIGI: HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI

Yangiliklar 28-11-2026 29 3 SDG 3 Sog'liq va farovonlik 8 SDG 8 Munosib mehnat va o'sish

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetida davra suhbati tashkil etildi.

🟢Davra suhbatida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Alisher Isoqov ishtirok etib, talaba-yoshlarga Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, unda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari, fuqarolarning burch va mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

🟢Shuningdek, Konstitutsiya normalarini hayotga tatbiq etish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

🟢Muloqot davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, yoshlarning huquqiy ongi va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

🟢Mazkur davra suhbati yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash, ularda qonunga hurmat, huquqiy madaniyat va jamiyat hayotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.