​​​​​​​Vazir Prezident va nomdor stipendiantlarga diplom topshirdi

Vazir Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetida Surxondaryodagi oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan bir guruh faol talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida, vazir mamlakatimiz ta’lim tizimi, Termiz davlat universitetdagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar, haqida so‘zlab berdi.

Jumladan, bugungi kunda viloyatda 6 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, oliy ta’lim bilan qamrov 28% ga yetdi, talabalar kontingenti 41 266 nafarni tashkil qilmoqda. Professor-o‘qituvchilar 1403 nafarni, ilmiy salohiyat esa 19,7% ni tashkil qiladi.

Muloqotda vazir talabalar sifatli ta’lim olishi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy IT-park, axborot-resurs markazi, talabalar turar-joylari, tennis maydoni, o‘quv laboratoriyalar qurish rejalashtirilganini ta’kidladi. Respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalarning mobil almashinuvi ham yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Yoshlar tomonidan ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘plab takliflar bildirildi. Vazir iqtidorli talaba-yoshlarni yanada ko‘proq o‘qib, izlanishga ruhlantirdi.

Shundan so‘ng navbat hayajonli daqiqalarga keldi. Bu gal ham A.Toshqulov universitetning davlat va nomdor stipendiantlarini yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ularga stipendiant guvohnomasini tantanali topshirdi. O‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yili uchun universitetning 13 nafar talaba, shundan 2 nafari Prezident va 11 nafari nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi.

Surxondaryoga tashrif doirasida vazir Termiz davlat universitetining avvalgi tashlandiq hududi o‘rnida qad rostlagan yangi, talabalar, ularning ota-onalari va fuqarolar murojaati bilan ishlaydigan zamonaviy markaz faoliyati bilan ham tanishdi. Bu yer talaba-yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha xizmatlar yaxlit majmuada joylashgani bilan ahamiyatlidir. Abduqodir Toshqulov ushbu markaz talabalar, ularning ota-onalari, fuqarolar murojaati bilan ishlashning zamonaviy ko‘rinishi ekanligini inobatga olib, bu yerdagi xodimlar salohiyatli va katta tajribaga ega bo‘lishi hamda oylik maoshlari ham qoniqarli bo‘lishi kerakligini qayd etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

"Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  • 2025-01-17
  • 32

2025-yil 16-yanvar kuni Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov Termiz davlat universitetining "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari

Batafsil

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi.

  • 2025-01-16
  • 41

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan oilali talabalar hamda jamiyatimizning faol ayollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 76

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil