TerDU rektori talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Oliy taʼlim muassasalari talabalarining bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash boʻyicha universitet rektori bugun oʻzining tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan yoki kelgusida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Unda oʻzining innovatsion, ijtimoiy loyihalari va gʻoyalariga ega boʻlgan talabalar ishtirok etishdi. Talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan band qilish boʻyicha yangi fikrlar, takliflar, muammolar muhokama qilindi. 20 nafardan ortiq talabalardan yangi takliflar olindi. 

Uchrashuv davomida bildirilgan aksariyat takliflar o‘quv markazlari, sport to‘garaklari, xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish va bu orqali talabalarni ish bilan ta’minlash, universitetga biriktirilgan mahalla yoshlarini esa turli toʻgaraklarga jalb etishdan iboratdir. 

Besh nafar o‘zining tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkor talabalardan tushgan murojaatlar joyida hal etilgan boʻlsa, yechimi maʼlum vaqt talab etadigan masalalar boʻyicha fakultet dekanlariga aniq vazifalar yuklatildi.
Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv jonli va qizgʻin  ruhda boʻlib oʻtdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak kasbi shu yerdan boshlanadi!

  • 2026-06-22
  • 25

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari talaba va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Batafsil

BIZ – GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

  • 2026-06-22
  • 19

Bugun Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Ilxom Abrayev va Otabek Ergashev ishtirokida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan maʼrifiy-huquqiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil

Termizdan Malayziyagacha cho‘zilgan ilm yo‘li...

  • 2026-06-22
  • 27

Ba’zan bir safar faqat masofani emas, imkoniyatlar chegarasini ham kengaytiradi. 12–20-iyun kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan

Batafsil