Navbatdagi tashrif universitet qoshidagi 1-sonli akademik litseyida bo‘lib o‘tdi

Ma’lumki, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov fakultetlar faoliyati bilan tanishib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan muloqotlar qilib kelmoqda. Navbatdagi tashrif universitet qoshidagi 1-sonli akademik litseyida bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab rektor litseydagi obodonchilik ishlari, o‘quv sohasi bilan tanishdi, dars jarayonlarini kuzatdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

So‘ng litsey majlislar zalida o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.   

Unda rektor o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda istiqbolda amalga oshiriladigan rejalar, chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. 

Litsey jamoasi oldida bir qator vazifalar qo‘yilib, universitet rahbariyati va jamoasi har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.  

Uchrashuvda o‘qituvchi va o‘quvchilarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Takliflar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil