XALQARO KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNI MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Termiz davlat universitetida 9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, Termiz shahar adliya boshqarmasi vakillari, talabalar, universitet korruptsiyaga qarshi kurashish «komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev ochib berar ekan, keyingi paytlarda yurtimizda korruptsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qonunlar mazmun mohiyati haqida gapirib o‘tdi. So‘ng Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabborov, adliya bo‘limi bosh maslahatchisi P.Eshimov, yuridik fakulteti dekani J.Xolmo‘minov, universitet korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Qodirov va  so’zga chiqqan talabalar mulohazalarini bayon etishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 47

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 67

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 46

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil