TerDUda akademik Roʻzi Choriyev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi

2021-yilning 25-noyabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-iyundagi “О‘zbekiston xalq rassomi Rо‘zi Choriyev tavalludining 90 yilligini keng nishonlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 43-son majlis bayoni bilan tasdiqlangan dasturiga asosan Termiz davlat universitetida “О‘zbekiston tasviriy san’ati rivojida Rо‘zi Choriyev ijodining о‘rni va ahamiyati”  mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. 

Konferensiyada respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari, rassomlar, OAV vakillari va talabalar ishtirok etdi.

Anjumanni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Maraximov Avazjon Raximovich kirish so’zi bilan ochib berdi. Ro’zi Choriyevning tasviriy san’at rivojiga qo’shgan salmoqli hissasi to’g’risida fikrlar bildirib o’tdi. 

Rassom ijodiy faoliyati to’g’risida О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, О‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor Nuridinov Akmal Vaxobjonovich, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori, tarix fanlari nomzodi, professor Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich, O’zbekiston xalq rassomi akademik, professor Boxodir Jalolov Fazliddinovich,  O’zbekiston xalq rassomi akademik, professor Javlon Umarbekovlar o’zlarining mulohazalari bilan o’rtoqlashdi. 

Professor-o’qituvchilar tomonidan "Ro'zi Choriyev ijodining milliy madaniyatimizdagi o'rni", "Ro'zi Choriyev merosi – muzeylarimiz gultoji", "Mehnatkash Surxondaryo olimlarining tabiatiga, san'atiga, mehnatiga munosabati rassom Ro'zi Choriyev asarlari timsolida", "Ijod yo'lida yonib yashagan xalq rassomi Ro'zi Choriyev hayoti va ijodi haqida so'z..." kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 46

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 64

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 46

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil