«KO‘KSHETAU – BOYSUN»

Yangiliklar 04-11-2026 27

«KO‘KSHETAU – BOYSUN»: XALQARO EKSPEDITSIYA VAKILLARI TERDUDA

🟢Qozog‘istonning Ko‘kshetau shahridan O‘zbekistonning Boysun tumanigacha davom etayotgan «Ko‘kshetau – Boysun» xalqaro ekspeditsiyasi ishtirokchilari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi.

🟢Universitetning Tarix fakultetida tashkil etilgan uchrashuvda Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Murod Hoji Idris o‘g‘li, L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti professori, tarix fanlari doktori J. Ortiqboyev, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili, Oltoy turkologiya markazi rahbari, filologiya bo‘yicha falsafa doktori A. Buronov hamda TerDU professor-o‘qituvchilari S. Tursunov va J. Mirzayev ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

🟢Uchrashuvda turkiy xalqlarning mushtarak tarixi, tili, adabiyoti va madaniy merosini o‘rganish, turkologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston olimlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🟢Shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro ilmiy anjumanlarda hamkorlikda ishtirok etish yuzasidan fikr almashildi.

🟢Mazkur tashrif turkiy xalqlarni bog‘lab turuvchi tarixiy va madaniy mushtaraklikni yanada chuqurroq o‘rganish, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.