TARIXIY NATIJA! TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI NUFUZLI QS REYTINGIDAN JOY OLDI!

Yangiliklar 04-11-2026 26

🟢Dunyoning eng nufuzli xalqaro universitet reyting taşkilotlaridan biri — Quacquarelli Symonds (QS) tomonidan e’lon qilingan QS World University Rankings: Asia 2027 natijalariga köra, Termiz davlat universiteti ilk bor mazkur reytingga kiritilib, Osiyoning xalqaro miqyosda baholangan oliy ta’lim muassasalari safidan örin egalladi.

🟢Universitetimiz Osiyo oliy ta’lim muassasalari orasida 1201–1300-örinlar oralig‘ini, Markaziy Osiyo universitetlari orasida esa 82-örinni egalladi.

🟢Mazkur muvaffaqiyat universitetda xalqaro reytinglar bilan işlaş böyiça yölga qöyilgan tizimli faoliyat, ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantiriş hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan izçil islohotlarning amaliy samarasidir.

🟢Termiz davlat universitetining QS Asia xalqaro reytingiga ilk bor kiritilişi nafaqat universitetimiz, balki Surxondaryo viloyati oliy ta’lim tizimi uçun ham tarixiy ahamiyatga ega yutuqdir.