TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA MALAKAVIY IMTIHONLAR UCHUN HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!

E'lonlar 19-10-2026 15

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA MALAKAVIY IMTIHONLAR UCHUN HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!
Termiz davlat universitetida mutaxassislik fani, chet tili (ingliz tili), ilmiy unvon olish uchun hamda qo‘shimcha fanlar bo‘yicha malakaviy imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlardan hujjatlarni onlayn shaklda qabul qilish boshlandi.
🖥 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI:
Ariza;
Pasport yoki ID-karta nusxasi;
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
Tegishli tashkilot tomonidan berilgan yo‘llanma xat;
Tayanch doktoranturaga yoki mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
To‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli xati.
📆 HUJJATLARNI QABUL QILISH MUDDATI:
Hujjatlar 2026-yil 25-oktabrga qadar onlayn shaklda qabul qilinadi.
HUJJATLARNI TOPSHIRISH UCHUN ELEKTRON HAVOLA:https://tmi.tersu.uz/
 ESLATMA!
Talabgorlardan hujjatlarni belgilangan muddatda, to‘liq va sifatli rasmiylashtirgan holda elektron platforma orqali taqdim etish so‘raladi.
Boshqa viloyatlardan mutaxassislik fani bo‘yicha malakaviy imtihon topshirishni rejalashtirayotgan talabgorlardan +998 93 883 84 87 telefon raqamiga murojaat qilish so‘raladi.