2026-yil 14-oktyabr kuni soat 09:00 da Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.I.12.02 raqamli Ilmiy kengash yig'ilishi o'tkaziladi.
📝KUN TARTIBI: Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi G'aybullayev Sarvar O'ktam o'g'lining “Chakana savdo tarmog'i rivojlanish dinamikasini ekonometrik modellashtirish (Jizzax viloyati misolida)” mavzusidagi 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
🔸 Ilmiy rahbar: Arzikulov Otabek Ali o'g'li iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
📌Rasmiy opponentlar: Otamurodov Shavkat Nusratullayevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Djumayev Farrux Toshmuratovich iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
🔸Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
📍Manzil: Termiz davlat universiteti rektorat binosi faollar zali. https://us06web.zoom.us