DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Himoya 18-08-2026 8

2026-yil 27-avgust (payshanba) kuni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.К/Т.12.05 raqamli ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkaziladi.

📝KUN TARTIBI:
1. Soat 9:00 da Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.К/Т.12.05 raqamli ilmiy kengashda Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Saidov Dilmurod Xursan oʻgʻlining “Aralash ligandli metall koordinatsion polimerlarning sintezi, kristall tuzilishi, fizik-kimyoviy va biologik xossalari” mavzusida 02.00.01-Noorganik kimyo va 02.00.04-Fizik kimyo ixtisosliklaridan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi;
🔸 Ilmiy rahbarlar:
k.f.d., prof. Ibragimov Aziz Baxtiyarovich;
k.f.d., prof. Turayev Xayit Xudaynazarovich.
🔸Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
🔸Rasmiy opponentlar:
k.f.d., prof. Turobov Hamza Tursunovich;
k.f.f.d., dots. Razzoqova Surayyo Razzoqovna.
🔸Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

2. Soat 11:00 da Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Ruziyev Umid Ural o‘g‘lining “Etilendiamintetraatsetat kislotasi asosidagi aralash metall-natriy koordinatsion polimerlarining sintezi, tuzilishi va funksional xossalari” mavzusida 02.00.01- Noorganik kimyo va 02.00.04- Fizik kimyo ixtisosliklaridan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi;
🔸 Ilmiy rahbarlar:
k.f.d., prof. Ibragimov Aziz Baxtiyarovich;
t.f.d., dots. Xolnazarov Baxodir Azamovich.
🔸Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti
🔸Rasmiy opponentlar:
k.f.d., dots. Razzoqov Jamoliddin Inotullayevich,
k.f.d., dots. Raxmonova Dilnoza Salomovna.
🔸Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

3. Soat 15:00 da Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Xolto‘rayev Quvonch Baxtiyor o‘g‘lining “Piridinkarboksilat va dikarbon kislotalar asosida metall koordinatsion polimerlari sintezi, kristall tuzilishi, gaz va organik bo‘yoqlarni adsorbsiyalash xossalari” mavzusida 02.00.01–Noorganik kimyo ixtisosligidan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi;
🔸 Ilmiy rahbarlar:
k.f.d., prof., Ibragimov Aziz Baxtiyarovich;
k.f.d., prof., Kasimov Sherzod Abduzairovich.
🔸Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
🔸Rasmiy opponentlar:
k.f.d., prof. Ruzimuradov Olim Narbekovich;
k.f.d., dots. Raxmonova Dilnoza Salamovna.
🔸Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

📍Manzil: Kimyo fakulteti 202-xona.
https://us06web.zoom.us/