TERDUDA TALABALAR XAVFSIZLIGI VA IJRO INTIZOMINI KUÇAYTIRIŞ BÖYIÇA VAZIFALAR BELGILANDI

Yangiliklar 02-11-2026 169

Termiz davlat universitetida rektor huzurida bölib ötgan kengaytirilgan apparat yiğilişida talabalarning ijtimoiy himoyasi, xavfsizligi va bitiruvçilar bandligini ta’minlaş bilan boğliq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xususan, kuz-qiş mavsumida ijara xonadonlari va talabalar turar joylarida is gazidan zaharlanişning oldini oliş, profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş hamda talabalarning yaşaş şaroitlarini doimiy nazoratga oliş böyiça mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Şuningdek, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, talabalarning şartnoma tölovlarini öz vaqtida amalga oşiriş bilan boğliq masalalar yuzasidan ham mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Yiğilişda universitet boşqaruviga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Rektor topşiriğiga muvofiq, kunlik nazoratni talab etadigan yönalişlarni yagona tizimda umumlaştiriş, vazifalar ijrosini sun’iy intellekt yordamida monitoring qiliş va tahlil etiş mexanizmini yölga qöyiş belgilandi.
Mazkur taşabbus boşqaruvda tezkorlik va şaffoflikni ta’minlaş, ijro intizomini mustahkamlaş hamda mas’ullar faoliyati samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.

Yiğiliş yakunida belgilangan vazifalarning öz vaqtida va sifatli bajarilişi yuzasidan qat’iy nazorat örnatiş böyiça körsatmalar berildi.