QARŞI DAVLAT UNIVERSITETINING ILĞOR TAJRIBASI TERDUDA MUHOKAMA QILINDI

Yangiliklar 02-11-2026 165

Termiz davlat universitetida rektor huzurida ötkazilgan kengaytirilgan apparat yiğilişida Qarşi davlat universitetining ilğor tajribasini örganiş va uni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 21–22-oktyabr kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida Qarşi davlat universitetida bölib, oliygohda yaratilgan zamonaviy ta’lim şaroitlari va imkoniyatlar bilan tanışgan edi.

Davlatimiz rahbari topşiriqlari ijrosi doirasida mazkur oliygohga taşrif buyurgan TerDU rektori Abduqodir Toşqulov va mas’ullar tomonidan safar natijalari yuzasidan taqdimot ötkazildi.

Unda Qarşi davlat universitetidagi ta’lim jarayoni, zamonaviy infratuzilma, talabalar uçun yaratilgan şaroitlar hamda boşqaruv va taşkiliy faoliyatdagi ilğor yondaşuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Yiğilişda uşbu tajribalarni TerDU faoliyatiga joriy etiş imkoniyatlari muhokama qilinib, hafta yakuniga qadar sohalar böyiça prorektorlar va fakultet mas’ullarining Qarşi davlat universitetiga taşrifini taşkil etiş vazifasi belgilandi.

Maqsad — ilğor tajribalarni örganiş, samarali yondaşuvlarni amaliyotga tatbiq etiş va universitetda ta’lim sifatini yanada yuksaltirişdir.