AKADEMIK KOMILJON TOJIBOYEV TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA

Yangiliklar 02-11-2026 87 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 13 SDG 13 Iqlim o'zgarishi 15 SDG 15 Quruqlikdagi hayot 17 SDG 17 Hamkorlik va sheriklik

🟢AKADEMIK KOMILJON TOJIBOYEV TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA: ILM-FAN VA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🟢Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboyev Termiz davlat universitetiga taşrif buyurdi.

🟢Taşrif davomida akademik universitetning ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi, tajriba maydonçalari hamda In Vitro laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Xususan, ösimliklar xilma-xilligini örganiş, noyob turlarni saqlaş va köpaytiriş, zamonaviy biotexnologik usullarni amaliyotga tatbiq etiş borasida olib borilayotgan işlar e’tibor markazida böldi.

🟢Şundan söng akademik iştirokida “Ilm-fanning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy seminar taşkil etildi.

🟢Seminarda Komiljon Tojiboyevning Özbekiston va Markaziy Osiyo botanika fani rivojiga qöşgan hissasi, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tadqiqotlari, jumladan, “Özbekiston florasi” köp jildli akademik naşri hamda biologik xilma-xillikni örganiş va muhofaza qiliş borasidagi ilmiy taşabbuslari haqida söz yuritildi.

🟢Muloqot davomida ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, qöşma tadqiqotlarni yölga qöyiş, ilmiy hamkorlikni kengaytiriş hamda yoş tadqiqotçilarni fundamental izlanişlarga jalb etiş masalalari muhokama qilindi.

🟢Mazkur taşrif universitetda botanika va biologiya yönalişlaridagi ilmiy izlanişlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, tajriba almaşiş va istiqbolli hamkorlikni rivojlantiriş yölida muhim ahamiyat kasb etadi.