Navoiyga ehtirom

Ulug‘shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini Termiz davlat universiteti jamoasi ham keng miqysda nishonladi.

Barcha fakultetlarda o‘tkazilgan tadbirlarda shoir shaxsiga ehtirom ko‘rsatildi. Talabalar tomonidan Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboyilar ijro etildi, shoir hayoti va faoliyatiga doir sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Yubiley sanaga bag‘ishlangan universitetning asosiy bayram tadbirida rektor A. Marahimov ham ishtirok etib, talaba-yoshlarni Navoiy asarlaridagi boy ma’naviy g‘oya asosida tarbiyalash davrning dolzarb vazifasi ekanligini alohida ta’kidladi.

Yozuvchi va shoirlar, navoiyshunos olimlar shoir ijodi hamda faoliyatiga doir ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

Yakunda Navoiy ijodiga mansub g‘azal va ruboiylar kuyga solinib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 53

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil