TerDUda “Oçiq eşiklar kuni”: vatanparvarlik, jasorat va mahorat namoyişi

Yangiliklar 27-10-2026 126 3 SDG 3 Sog'liq va farovonlik 17 SDG 17 Hamkorlik va sheriklik

🟢Termiz davlat universitetida Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan “Oçiq eşiklar kuni” doirasida harbiy-vatanparvarlik tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda “Vatanparvar” maktabi, Milliy gvardiya, Surxondaryo viloyati Bojxona va Içki işlar boşqarmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi vakillari hamda universitet harbiy kafedrasi kursantlari iştirok etdi.

🟢Tadbir davomida kuç tuzilmalari xodimlari va harbiy kafedra kursantlari tomonidan maxsus körgazmali çiqişlar namoyiş etildi. Şuningdek, harbiy texnika, qurol-aslahalar, maxsus jihozlar va qutqaruv vositalari körgazmasi taşkil etilib, talaba-yoşlarga ularning vazifalari hamda amaliy qöllanilişi haqida ma’lumot berildi.

🟢Mazkur tadbir yoşlarning Vatanga sadoqat, milliy ğurur va daxldorlik tuyğularini mustahkamlaş, harbiy va huquqni muhofaza qiliş sohalariga qiziqişini oşiriş, şuningdek, ularning boş vaqtini mazmunli taşkil etişga xizmat qildi.

🟢Harbiy xizmatçilarning kasbiy mahorati, kursantlarning körgazmali çiqişlari va amaliy namoyişlar talabalarda katta qiziqiş uyğotib, ularda unutilmas taassurot qoldirdi.