KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!

Yangiliklar 22-10-2026 32 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 16 SDG 16 Tinchlik va adolat

🟢Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbariyati, xodimlari va talabalari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.

🟢Suhbatlar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, qonun ustuvorligi, halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

🟢Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va uning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

🟢Korrupsiyaga duch keldingizmi? Befarq bo‘lmang!

🟢Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuzasidan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Ishonch telefoni: 76-221-7710
✈️ Telegram bot: "@TerDUantiCorruption_bot" (https://t.me/TerDUantiCorruption_bot)
📞 Telefonlar: 91-575-2001, 93-799-0101, 98-775-7758

🟢Halollik — yuksak qadriyat! Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!