Surxondaryo o‘g‘loni — Jahon kubogi sovrindori!

Yangiliklar 22-10-2026 35 3 SDG 3 Sog'liq va farovonlik 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 16 SDG 16 Tinchlik va adolat 17 SDG 17 Hamkorlik va sheriklik

🟢Toshkent shahrida Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) shafeligida “Uzbekistan Kickboxing World Cup – 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

🟢Ushbu nufuzli sport tadbirida dunyoning 48 dan ortiq mamlakatidan 2 500 nafardan ziyod sportchi va rasmiy delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

🟢Quvonarlisi, ushbu xalqaro musobaqada Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qilgan vakilimiz katta muvaffaqiyatga erishdi!

🟢Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti 1-bosqich talabasi Turdiyev Husan +91 kilogram vazn toifasida mahorat ko‘rsatib, faxrli 2-o‘rinni (kumush medali) qo‘lga kiritdi.

🟢Bu natija yosh sportchining mahorati, qat’iyati va tinimsiz mehnati samarasidir.