TERDU — XALQARO ILM-FAN MARKAZI SARI: H-INDEKSI 42 BO‘LGAN ISPANIYALIK PROFESSOR TALABALAR BILAN!

Yangiliklar 22-10-2026 37

🟢Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida Ispaniyaning Rey Juan Carlos universiteti professori, Scopus bazasida h-indeksi 42 ga ega, 10 dan ortiq AQSh patenti muallifi hamda Stenford universitetining eng yaxshi 2 foiz tadqiqotchilari ro‘yxatiga kiritilgan olim Santyago Gomes-Ruiz o‘qituvchilik faoliyatini boshladi.

🟢Professor talabalarga “Kompleks birikmalar kimyosi” fanidan ma’ruzalar o‘tmoqda. Shuningdek, magistrantlar va doktorantlar uchun ilmiy-tadqiqotlarda sun’iy intellektdan samarali foydalanish mavzusida seminar tashkil etdi.

🟢Uchrashuv davomida talabalarning startaplar, grantlar, ilmiy maqolalar, xalqaro konferensiyalar, akademik almashinuv va xorijiy amaliyotlardagi ishtiroki universitetning QS, THE va ARWU kabi xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

✨TerDU — xalqaro tajriba, innovatsiya va yuksak ilmiy marralar sari!