🟢Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Izzat Tolipov, “Qalqon” jamoatchilik guruhi vakillari hamda tashkilot yetakchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟢Uchrashuvda talabalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yangi g‘oya va loyihalar muhokama qilindi.
🟢Shuningdek, “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati universitet hududidagi patrullik yo‘nalishlari bo‘ylab joyiga chiqqan holda o‘rganildi.