O‘zbek tili — milatimiz g‘ururi, mustaqil davlatimiz timsoli!

Yangiliklar 21-10-2026 38

Surxondaryoda O‘zbek tili bayrami nishonlandi 

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz shahrida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari hamda harbiylar ishtirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining O‘zbek tili bayrami munosabati bilan voha ahliga yo‘llagan tabrigini Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining boyligi, jozibasi va xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani milliy o‘zligimizni anglash va mustahkamlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam ekani ta’kidlandi. Ona tilimizning nufuzini oshirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish borasidagi ishlarning ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.

Ayni paytda bayram tadbirlari San’at saroyi majmuasida davom etmoqda.

O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizning ajralmas qismi. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.