Termiz davlat universiteti "Fakultetlararo chet tillari" kafedrasi o'qituvchisi Abduqayumova Sanobar Abdurashidovna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik" ixtisosligidan “Ingliz va o‘zbek tillarida antokomponentli maqol va frazeologizmlarning chog‘ishtirma tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Sanobar Abdurashidovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!