🟢21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Termiz davlat universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
🟢Universitetda o‘tkazilgan “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbirida rektor Abduqodir Toshqulov O‘zbek tili bayramiga alohida to‘xtalib, ona tilimiz millatimizning bebaho boyligi, tarixiy xotirasi va milliy o‘zligimizning yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.
🟢Rektor o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, uning boyligi va sofligini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga bezavol yetkazish har birimizning sharafli burchimiz ekanini qayd etib, barchani qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi.
🟢Bayram doirasida talabalar o‘rtasida ijodiy tanlovlar, she’riy bellashuvlar, adabiy uchrashuvlar va ma’rifiy kechalar tashkil etilmoqda.
🟢Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari harbiy qismlar, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etib, ona tilimizning nufuzini yuksaltirish, uning sofligini asrash va nutq madaniyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
🟢Zero, ona tili — millatning ruhi, tarixiy xotirasi va ma’naviy borlig‘idir!
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!