Termiz davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi Haydarova Sarvinoz Saydullayevna Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligidan “Talabalarning guruhdagi mavqei shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik determinantlar” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Sarvinoz Saydullayevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!