“TALABALIKKA BAG‘ISHLOV”

Yangiliklar 19-10-2026 39

TERDUDA “TALABALIKKA BAG‘ISHLOV” — SAMIMIY MULOQOTLAR VA UNUTILMAS LAHZALAR!

🟢Termiz davlat universitetida yangicha formatda tashkil etilgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari katta shodiyona bilan yakunlandi.

🟢Bu yil universitet rektori Abduqodir Toshqulov 11 ta fakultetga qabul qilingan 6 ming nafarga yaqin birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazdi.

🟢Uchrashuvlarda yoshlarning orzu-intilishlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bilim olishi va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

🟢Mazkur uchrashuvlarning tantanali yakuni sifatida universitet stadionida 7 ming nafar talaba ishtirokida katta gala-konsert tashkil etildi.

🟢Bayram davomida rektor yoshlarning tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, uchrashuvlarda o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun texnik vositalar so‘ragan talabalarga noutbuk va iPhone 18 Pro Max smartfoni sovg‘a qilindi.

🟢Taniqli estrada xonandasi Janob Rasul ishtirokidagi konsert dasturi va rang-barang lazer shousi bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar, minglab yoshlarning quvonchi va olqishlari universitet stadionini haqiqiy yoshlik bayramiga aylantirdi.

🟢Tadbir ko‘tarinki ruhda, tinch va osoyishta o‘tib, talabalar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Bu yilgi “Talabalikka bag‘ishlov” nafaqat bayram, balki rahbar va talaba o‘rtasidagi samimiy muloqot, o‘zaro ishonch hamda yoshlar tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlashning yorqin namunasiga aylandi.