Termiz davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi Djo‘rayeva Lola Abdugabbarovna Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligidan “Kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Lola Abdugabbarovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!