🟢 “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulovning navbatdagi uchrashuvi Iqtisodiyot fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.
🟢Muloqotda zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, raqamli iqtisodiyot, tadbirkorlik tafakkurini shakllantirish, mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢Rektor yoshlarni faqat nazariy bilim bilan cheklanmasdan, mustaqil fikrlashga, tashabbuskor bo‘lishga va o‘z g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirishga undadi.
🟢Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular universitet prorektorlari va faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.
🟢An’anaga muvofiq, birinchi bosqich talabalariga rektorning ezgu tilaklari va dastxati bitilgan Erkin A’zamning “Momaqaldiroq ostida sayr” romani hadya etildi. Zero, bugungi iqtisodchi talaba — ertangi taraqqiyotning faol ishtirokchisi!